UZPORNOSEX.RU - Узбекское порно видео

Ishxonamizda bir akaxon bor. Ismlari , Mahmud. Juda hushchaqchaq inson. Odamlarni tilini tez topadi. Boshqalar unchalik etibor bermaydigan kamgap odamni ham bir zumda gapga solib, uning yaqin do`stiga aylana olish qobiliyati bor. Rahbarimiz ham buni yaxshi bilib, pishmayotgan shartnomalarni asosan unga yuklaydi. Mahmud aka hamkorlar bilan ham tez kirishib ketib, kerakli imzolarni bir kunga qolmay qo`ydirib oladi. Shuning uchun ham rahbariyat uning har qanday iltimosini erda qoldirmaslikka harakat qiladi. Mahmud aka nafaqat boshliqlar oldida balki jamoamiz ichida ham obro`si baland. Negaki hech kimga yo`q demaydi. Kimnidir hojatini chiqarish kerakmi , bir zumda shay. Uning ortidan hazillashamiz bazida. G`iybat qilib emas, shunchaki do`stona hangoma. -Sement zavodiga? -Men! -Qum koniga? -Men.... Shu mashhur dialogni Mahmud aka haqida so`z borganda eslaymiz ko`pincha. Lekin g`oyibona, ich- ichimizdan u kishiga havas qilamiz. Chunki u odam noyob toifadan , altruist, yanikim hech narsa evaziga yaxshilik qilishni hush ko`radigan inson. Kimnidir hojatini chiqarib unutib ketaveradi, javoban biror narsa talab qilmaydi ham. Mabodo o`zining ham o`sha odamga hojati tushguday bo`lsa , ming hijolat bo`lib iltimos qiladi. Shunaqa ajoyib inson bizning Mahmud aka. Jamoa ichida uning yaxshi hislatlarini muhokama qilish bilan birga ikkita g`alatiroq odatini ham eslab qo`yamiz vaqti bemahal. Birinchisini g`alati deyish biroz noto`g`ri bo`lar. Umuman ichkilik ichmaslik , yomon odat emas aslida, balki yaxshi bir hislat. Lekin... Deyarli doim jamoamiz bilan biror bayram yoki tug`ilgan kun munosabati bilan yig`ilsak Mahmud akamizning o`rni bilinib qoladi. Chunki har qanday zerikarli davrani qiziq hangomalari bilan jonlantira oladigan bu inson ichkilik qo`yilgan dasturxonga umuman yaqinlashmaydi. Boshidanoq rad javobini berib, uzrini aytib qutuladi. Bir-ikki bor hiyla ishlatib, ichkilik bo`lmasligini aytib, uni chaqirib olgandik. Davra qizigandan keyin stolni tagidan sekingina anovini maydalab quyilayotganini sezib qolgach qovog`ini solgancha chiqib ketgandi. Shu-shu uning rad javobini to`g`ri tushunishga harakat qilamiz oson bo`lmasa ham. Hattoki rahbarimizning ham tishi o`tmay qoladi shunday paytlarda. Boshqa vaziyatda bemalol buyruq beradigan xo`jayinimiz bayram stoli haqida gap ketganda Mahmud akaga yalina boshlaydi. Ammo ko`ndirolmaydi. Bir-ikki bor agar ichmasa bo`shatib yuborishiga ham shama qilgandi. Mahmud aka hotirjamlik bilan Ixtiyoriz.. deb javob bergan. Salobatidan ko`pchilik titrab turadigan xo`jayin bilan bunday bemalol ohangda gaplashganinin ko`rib biz g`alati bo`lib qolgandik. Lekin rahbar ham hazilga olib ketgan edi o`shanda: Aka, sizdek xodimni bo`shatgan odam ko`r bo`ladiku deb... Mahmud akaning ikkinchi odati esa haqiqatdan g`alatiroq. Gap shundaki ishxonamizda yoz kunlari deraza va eshiklarni ochib qo`yamiz. Shamol aylanib turishi uchun. Bunday vaziyatda tabiiyki odamlar kirib-chiqqanda bazan eshik qarsillab yopiladi. Sekin turtib qo`yilsa ham shamol o`z ishini qiladi. Ana shunday onda Mahmud akani tanimay qolamiz. Kulishib gaplashib turgan odam birdan qovog`i osilib, jizzaki bo`lib qoladi. Oddiy eshikka shunchalik jahl qilish... Tushunolmaymiz. Shu yil u odamning tug`ilgan kuni yaqinlashganida xodimlar bilan maslahatlashib unga bir sovg`a qilishni niyat qildik. Ko`p takliflar bo`ldi. O`ylab ko`rsak hamma narsasi etarli. Shunday bo`lsada odatiy bir sovg`a olishga bazi etirozlar bilan bo`lsada kelishib oldik: sovg`amiz , eng so`nggi rusumdagi ingichka ekranli televizor. Kichik norasmiy majlisimiz tarqay deganda nimayam bo`ldi, shayton qitiqladimi bilmayman bir gap og`zimdan chiqib ketdi. -Ishxonadagi barcha eshiklarni ham qarsillab yopilmaydigan qilsak yaxshi bo`lardi... Hamma menga yalt etib qaradi. Bir necha soniyalik sukutdan so`ng Qoyil!, Shunaqa qilish kerak! degan olqishlar yangrab ketsa bo`ladimi. Xullas bir ovozdan qo`shimcha sovg`a ham qabul qilindi. Mahmud akaning tug`ilgan kunidan bir kun qolganda ikki yosh xodim, men va sherigimga bu masuliyatli vazifani bajarish yuklatildi. Kechki payt ishxonamizdagi barcha eshiklarning kesakisiga rezina tasmachalar qoqib chiqdik... Ertasiga katta xonada butun jamoamiz bilan to`planib Mahmud akani qutlay boshladik. Agar boshqa xodimlar tug`ilgan kunini shampan va vino to`ldirilgan qadahlarni urishtirib nishonlasak, Mahmud akani oddiy ichimliklarni qo`limizga olib tabrikladik. Kimda kola, kimda limonad. Bazilarni tomog`i taqillab turgan bo`lsada shu inson uchun chidashga majbur edilar. Rahbarimizning salkam o`n daqiqalik tabrigidan so`ng televizor ham tantanali ravishda toprshirildi. Mahmud aka qo`lini ko`ksiga qo`ygancha Rahmat.. deyishdan tinmasdi. Qarsaklar yangradi. Tabriklar aytildi. G`ala-g`ovurda sal shaddotroq kotibamiz Mahmud aka! Qarang hatto eshiklarni ham tovushsiz yopiladigan qilib qo`ydik! deya eshikni qattiq itardi. Qilgan ishimiz yaxshi natija berib, eshik yopilganda deyarli tovush chiqmadi. Hamma Mahmud akaning nima deb javob berishiga qiziqib unga tikildi. U esa shunchaki kulib qo`ydi. Lekin boshqalar ko`rmagan narsani men sezib qoldim. Mahmud aka kulib turibdiyu, ko`zidan bir tomchi yosh yumalab tushdi. Lekin hech kimga indamadim. Tushunolmasdim. Nimani yashirganini. Quvonch yoshimidi bu yoki?... Tushlik payti esa ishxonamiz hovlisining bir burchagidagi o`rindiqda Mahmud akaning hayol surib o`tirganini ko`rdim va u tomon bordim. Yaqinlashganimda yana bir hayratlanarli narsaga guvoh bo`ldim. U kishi chekib o`tirardi. Hecham ko`rmagandik ilgari. Yoniga borish- bormaslikni bilmay to`xtab qolgandim o`zi chaqirib oldi. -Kel Abror, hayron bo`lma. Bir humor tutdi.. -Lekin ilgari, umuman ko`rmaganman chekkanizzi. -Ilgari chekardim. Parovoz bo`lib, biriga ikkinchisini ulab chekardim. Asosan ichganimda. Keyin tashlaganman. Uniyam, buniyam. - Icharmidiz ham?!,- jag`im osilib qoldi shekilli bu yangilikdan. -Ha... Juda ko`p. Maishat qilmagan kunim bo`lmasdi. Men siz o`ylaganchalik farishta emasman. Balki hozir yaxshi bo`lishga harakat qilarman. Lekin ilgari g`irt ablahning o`zi edim... Ketma-ket kelayotgan bunday yangiliklardan dovdirab qoldim. Lekin uning hasratini indamay eshitishga qaror qildim. Buni boshqalar eshitsa bormi , ishxonadagi g`iybatning bosh mavzusiga aylanishi turgan gap... - Abror sen juda yaxshi bolasan. Xafa bo`lma senga ko`nglimdagini aytayotganimga. Kimgadir yorilmasam bo`lmaydi ukam. Kecha yarim kechgacha qolib eshiklarga narsa o`rnatib chiqibsan. Rahmat sezgirliging uchun. Lekin bu narsa