UZPORNOSEX.RU - Узбекское порно видео

Muzaffar aka mashinasining uzoq cho`zilgan signalizasiyasini eshitib uyg`onib ketdi. Mushuk o`lgur yana balonga suykalanibdi-da, deb qo`ydi o`zicha. So`ng xo`rozning uzoq qichqirig`i eshitildi. Yotgan joyida kalima qaytardi. Yorug` dunyoni yana bir marta ko`rgani uchun Allohga shukrlar aytdi. Shiftda kecha yonishdan qolgan, muallaq osilib turgan lampochka ko`ziga xunuk ko`rinib ketdi. O`rnidan turib, tashqariga chiqdi. Havo etni junjiktiradigan salqinhellip; Mayin esayotgan shabadaga bardosh berolmay chirt uzilayotgan barglar Muzaffar akaning shundoqqina oyog`i ostiga kelib tushardi. Osmon har doimgiday quyoshni chorlayotirhellip; Muzaffar aka sekin xo`rsinib qo`ydi. Jim- jitlik hukm surardi. Har tong hovlining u er bu erida ivirsib yuradigan xotini erkatoy farzandi Guloydan xabar olish uchun shaharga ketgan. Guloy oilada beshinchi farzand. Muzaffar aka o`g`li bo`lmaganligi uchun bu qizini xuddi o`g`lidek ko`rar, uni o`g`il bola bo`lib tug`iladi, deb kutishgan edi. Mana hash-pash deguncha oradan 17 yil o`tib, u ham kap-katta qiz bo`lib qolibdi. Opalarining hammasi turmushga chiqib ketishgan. Guloy bir qarashda juda chiroyli, odamlarni o`ziga maftun eta oladigan qiz. Sho`xlik, gapga chechanlik uning tabiatiga mutlaqo yot, ammo uning chehrasidan o`ziga ishonuvchanlik, mag`rurlik, gaplaridan esa bir so`zlilik, cho`rtkesarlik, anchagina qo`rslik ham yaqqol sezilib turardi. Guloy institutga davlat granti asosida o`qishga kirganidan so`ng, 1-kursni tugatar tugatmas uyiga tanish-bilish, qo`ni- qo`shni, qarindosh-urug`lardan sovchilar kela boshladi. Muzaffar aka mana shu paytlarda allanechuk bo`lib ketar, qizini hech kimga uzatgisi kelmasdi. Aftidan, niyati ichkuyov qilish edi. Bu ham to`g`ridir, axir ularning ham eb-ichari, yotar-turari bor degandayhellip; Onasi Guloyga uyga sovchilar kelayotgani daragini aytganda, Guloy bir so`z bilan O`zim bilaman qachon erga tegishni, hozir o`qishim kerak, dedi. Onasi shu-shu bu haqda gapirmadi. Guloy uyga kelib-ketib yurdi. Shahar sharoitiga tezda moslashib ketdi. Bu erda birov birov bilan ishi yo`q, mahallaning ayollari g`iybat qilishmaydi, o`zing xohlagan ishni qilasan, deb o`yladi o`zicha. Tez orada zamonaviy qo`l telefoni ham oldi. Aslida hamma balo mana shu matohdan boshlandi. Narxi falon pul bo`lgan qimmat telefon Guloyga juda qimmatga tushdi. Dugonalari aytgan ijtimoiy tarmoqlarning biridan do`stlar orttira boshladi. Ikki hafta deganda yuzlab saytdosh do`stlari bilan tanishdi. Buni qarangki, oz muddat ichida bir yigit bilan juda yaqin munosabatda bo`lib ketdi. U bilan tunu kun internetda bemalol suhbatlashardi, dardlashardi. Erta-yu kech qo`lidan telefon tushmas, topgan pulini internet uchun sarflar, o`qish esa o`lda-jo`lda bo`lib qolib ketardi. hellip; - Allo, assalom. - Tuzukmisan? - Ha, zo`rman. O`zingiz tuzukmisiz, Azamat? - Yaxshi. Bugun qachon boray? - Har doimgi vaqtda. Guloy kech bo`ldi deguncha, ko`chaga chiqib ketadigan odat chiqardi. Xonadosh qizlar qancha tanbeh berishsa ham kor qilmadi. Uyimdagilar biladi, deb turib oldi. Qizlar behuda janjal chiqarib nima qilamiz deyishib, etti yot begona emasmi, qo`l siltashdi. Uni kutib uxlab qolishar, bazan uning qachon uyga kelganini ham payqashmasdi. Bora-bora ular eshikni ichkaridan qulflab yotadigan bo`lishdi. Bu Guloyga yaxshigina bahona bo`ldi. Kun ketidan kunlar o`tib ketaverdihellip; Guloyning Azamat bilan munosabatlari yanada chuqurlashib ketdi. - Allo, iltimos telefonni qo`ymang, eshiting, deya yalindi Guloy. - Xo`sh, - dedi yigit. - Nima degan odam bo`ldhellip; Guloyning gapi tugar tugamas yigit baqirib ketdi: - Agar yaxshi qiz bo`lganingda tanimagan-bilmagan odamingga telefon nomeringni berarmiding? Hatto ismimni bilmaysan. Azamat akamish, yigitimish. Nima endi senga uylanishim kerakmi? Nima bo`lgan bo`lsa, o`zingga o`zing qilding. Yana telefon qilib, bezovta qilsang bundan battariyam bo`ladihellip; Guloy bu gaplardan dovdirab qoldi. U hech kimga gapirmay, ko`rpa-to`shak qilib yotib oldi. O`qishga ham bormadi. O`ziga o`zi uvvos solib yig`lar, yana tinchlanardi. Uning xayolidan nimalar kechdi ekan, bu bizga qorong`uhellip; Xonadosh qizlar Guloyning ahvoli haqida ota- onasiga xabar berishdi. Muzaffar aka qizidan xavotir olib, kech bo`lsa-da xotini bilan mashinada yo`lga chiqdi. Uning ko`ngli xijil. Ona esa o`zini qo`yarga joy topolmay qolgan. Muzaffar aka mashina tezligini oshirgandan oshirdi. Kechasi soat 11 dan oshibdi, yana yarim soatlik yo`l bor, deb pichirlab qo`ydihellip; U nafaqat yarim soatda, yarim kunda, yarim yilda ham qizi Guloyni ko`rgani etolmadihellip; Mashinaning g`iyqillagan, tasir-tusur ovozi tabiatga zarracha tasir etmadi. Butun bir avtohalokat natijasida faqatgina bir muddat shovqin ko`tarildi-yu, yana tinchidi. Go`yo tabiat bu halokatdan juda- juda xursand. Agar Muzaffar aka qizining ahvolidan xabardor bo`lganida edi, balki Guloyni o`z qo`llari bilan bo`g`ib o`ldirar, nomusga chidayolmay mana shu bugungi avtohalokatga mingdan-ming rozi bo`lar edi. Oradan yillar o`tdi. Guloy esa hamon odamlar nazdida qari qiz bo`lib, shaharda bir o`zi mazza qilib yashab yuribdi. Axir uni tergaydigan ota- onasi, g`iybat qiladigan qo`shnilari yonida yo`q edi.